Oʻzbekiston gidlar uyushmasi ekologik va ziyorat yoʻnalishlarini uygʻunlashtirgan turlarni yarata boshladi
Bugungi kunda, butun dunyoda COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan inqiroz davrida mamlakatimizda turizm sohasini saqlab qolish, jonlantirish va rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, pandemiya sababli oʻtkazilayotgan karantin tadbirlari davrida yangi turistik marshrutlar va xizmatlarning turlarini tatbiq etish maqsadga muvofiq boʻlib, bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston gidlar uyushmasi ekologik va ziyorat yoʻnalishini uygʻunlashtirgan turlarni yaratishni boshladi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Ushbu turlarning birinchisi Toshkent viloyatining shimoli-sharqiy qismida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda ilk marotaba tabiatning betakror goʻzalligi va ziyorat maskanlari uygʻunlashgan marshrutlar turistlarga taklif qilinadi.
Sayohat, shubhasiz, vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlari uchun qiziqarli boʻladi. Mazkur yangi turistik marshrut Xojikent petrogliflarini, Chorvoq suv ombori, Burchimulla qishlogʻining tosh uylarini, Bogʻuston qishlogʻidagi Shayh Umar Valiy Boʻgʻustoniy ziyorat majmuasini hamda mahalliy aholi hikoyalariga koʻra Naqshbandiya tariqati asoschisi Bahouddin Naqshbandiy tashrif buyurgan sirli gʻorni oʻz ichiga oladi. “Toshkent viloyatida joylashgan Yakkatut va Nanay qishlogʻining mehmondoʻst aholisi bilan muloqot qilish, u yerdagi goʻzal manzaralar hech kimni befarq qoldirmaydi” deydi – Oʻzbekiston gidlar uyushmasi raisi Nargiza Salomova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring