Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish davom ettirilmoqda
Ertaga, 2-iyun kuni “Toshkent — Moskva — Toshkent” charter reysi tashkil etiladi. Ushbu parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu roʻyxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Roʻyxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.
Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent – Istanbul – Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring