O‘zbekiston fuqarolari uchun Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi — Migratsiya agentligi
London shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov hamda Britaniyaning Association of Labour Providers (ALP) — Mehnat ta’minotchilari uyushmasi bosh direktori Devid Kemp ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, ALP — Buyuk Britaniyada mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat va logistika sohalarida ishchi kuchini yetkazib beruvchi hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi nufuzli tashkilot hisoblanadi. Ushbu uyushmaga 300 dan ziyod yirik kompaniya a’zo.
Uchrashuvda ALP direktori Devid Kemp: “O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan o‘zbekistonlik yoshlarni Angliya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz”, — deb ta’kidladi.
Muzokara chog‘ida Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi doirasida o‘zbekistonlik fuqarolar uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish va yurtdoshlarni xavfsiz hamda tashkillashtirilgan holda ishga jalb etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shu tariqa, Buyuk Britaniyada o‘zbekistonlik ishchi migrantlar uchun yangi imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring