O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi Bitimga qo‘shilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Senatning beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Bitimning asosiy maqsadi – investisiya faoliyati orqali unga qo‘shilgan ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga va ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashishdir.

Mazkur hujjatga ko‘ra, ushbu bank o‘z faoliyatini xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, umume’tirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va me’yorlariga muvofiq amalga oshirishi, shuningdek, Bank nizomi ushbu Bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Bank Nizomida Yevroosiyo taraqqiyot banki faoliyati, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali va unga obuna bo‘lish shartlari hamda Bank boshqaruviga oid tartib-qoidalar belgilangan.

Bundan tashqari, Yevroosiyo taraqkiyot banki ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy bozorlari holati, ularning investisiya imkoniyatlari, pul-kredit va valyuta munosabatlari, bank va valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilik normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashi, tizimlashtirishi va tahlil qilishi belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishi uchun huquqiy asos yaratishga, uning faoliyati doirasida to‘liq va samarali ishtirok etish huquqini ta’minlashga, shuningdek Bankga a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashishga, savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investisiya faoliyati orqali Yevroosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun ma’qullandi.






Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring