Oʻzbekiston elchisi Qozogʻistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
Qozogʻiston TIV maʼlumotiga koʻra, uchrashuv chogʻida vazir ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli soʻnggi yillarda Qozogʻiston-Oʻzbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga koʻtarilganini alohida taʼkidladi.
Qozogʻiston Prezidentining farmoniga muvofiq, vazir amalga oshirilgan ulkan ishlar va elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun Saidikrom Niyozxoʻjayevni oliy davlat mukofoti – II darajali “Dostыq” ordeni bilan taqdirladi va uning kelajakdagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Saidikrom Niyozxoʻjayev 2018-yilning mart oyida Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi etib tayinlangan edi. Bunga qadar u Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi va turli davlat organlarida masʼul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, Saidikrom Niyozxoʻjayev 2015-2018-yillarda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring