Oʻzbekiston Ekologik partiyasiga yangi rais saylandi
Joriy yilning 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumida partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisligiga Xamzayev Abdushukur Xudoykulovich nomzodi koʻrib chiqilib, ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
A.Xamzayev 1973-yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tugʻilgan. 1995-yil Samarqand qishloq xoʻjalik institutini, 2013-yil Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi agronom olim. Qishloq xoʻjalik fanlari doktori, professor.
Uzoq yillar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shugʻullanib, ilmiy-pedagogik, rahbarlik tajribasiga ega.
2022-yil iyun oyidan buyon Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
17 ta qishloq xoʻjalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan.
Shuningdek, ekologiya, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi sohasida Xitoy, Yaponiya, Koreya, Isroil, Turkiya, Germaniya, Bolgariya kabi davlatlarda malaka oshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring