Oʻzbekiston delegatsiyasini XXXIII yozgi Olimpiada oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi — Fotoreportaj
Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”
Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini XXXIII yozgi Olimpiada oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasining Olimpiada oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida boks boʻyicha jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi Abdumalik Halokov hamda qilichbozlik boʻyicha Osiyo oʻyinlari gʻolibasi, “Shuhrat” medali sohibasi Zaynab Dayibekova Oʻzbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishi maʼlum qilindi.
Shuningdek, Olimpiada oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻzbekistonlik sportchilarga qancha mukofot puli berilishi ham maʼlum qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga koʻra, Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchiga 200 ming dollar, kumush medali egasiga 100 ming, bronza sohibiga esa 50 ming dollar pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, murabbiylar ham mos ravishda 50 ming, 25 ming va 12,5 ming dollardan mukofot pullari bilan ragʻbatlantiradi.
XXXIII yozgi Olimpiada oʻyinlari shu yilning 26-iyul — 11-avgust kunlari Parijda oʻtkaziladi.
ХХХIII ёзги Олимпиада ўйинлари шу йилнинг 26 июль — 11 август кунлари Парижда ўтказилади.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring