Oʻzbekiston Choʻlpon-ota xalqaro sayyohlik yarmarkasida taqdim etildi
Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahrida joylashgan Chingiz Aytmatov nomidagi «Rux ordo» madaniyat markazi hududida Prezident Sadir Japarov ishtirokida “Issyk-Kul ITF-2021 «I am nomad” Issiqkoʻl xalqaro sayyohlik yarmarkasi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Mazkur xalqaro turizm yarmarkasi doirasida “Yoz-2021” sayyohlik mavsumi boshlangani rasman maʼlum qilindi.
“Issyk-Kul ITF-2021” muhim xalqaro tadbir sifatida xalqaro sayyohlik kompaniyalari, turoperatorlar va agentliklar, turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat idoralari vakillari, aviakompaniyalar, mehmonxonalar, yoʻlovchi tashuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini har yili oʻz atrofiga jamlashi anʼana tusiga kirgan.
Koʻrgazma ishida diplomatiya korpusining vakillari, ommaviy axborot vositalari va mahalliy hamda xorijiy sayyohlik agentliklari rahbarlari, shuningdek, pansionatlar, dam olish uylari va mehmonxonalar rahbarlari qatnashdi.
Qirgʻiziston Prezidenti tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, Issiqkoʻl xalqaro sayyohlik yarmarkasi 2016-yildan buyon oʻtkazib kelinayotganini aytdi.
“Ushbu tadbirda ishtirokchilar va manfaatdor tomonlarning soni har yili oʻsib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etish kerak. Ayni paytda qoʻshni mamlakatlardagi aksariyat sayyohlik kompaniyalari ushbu platforma haqida koʻproq bilib, unda oʻz mahsulotlarini taqdim etmoqda”, dedi Prezident Sadir Japarov.
Koʻrgazmada Prezident mahalliy turoperatorlar, shuningdek, Turkiya, Vengriya va Oʻzbekistonning sayyohlik boʻlinmalari bilan tanishdi.
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini keng targʻib etish maqsadida «Rux-ordo» madaniyat markazi saytida milliy kitoblar, liboslar taqdimoti, oʻzbek xalq amaliy sanʼati mahsulotlari koʻrgazmasi tashkil etildi.
Tadbir doirasida sayyohlik sohasida xorijiy sayyohlik agentliklari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida oʻrnatilgan transport aloqalari, xususan, “Toshkent–Baliqchi–Toshkent” temir yoʻli loyihasi, “Toshkent–Bishkek–Toshkent” avtobus yoʻnalishi va respublikalardagi epidemiologik vaziyat yaxshilanishidan keyin toʻliq ishlay boshlaydigan «Toshkent–Tamchi–Toshkent» charter aviareysi haqidagi maʼlumotlar ham taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring