Oʻzbekiston avtomobil sanoati 2025-yilga nimalarni reja qilmoqda?
Arxiv foto
25-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatida qilinayotgan ishlar va kelasi yilga moʻljallangan rejalar haqida axborot berildi.
Iqtisodiy choralar natijasida sohada tannarx 4 foizga kamaygan. “Uzavtosanoat” boshqaruvi raisi Ulugʻbek Rozuqulov oldindagi rejalar va vazifalar yuzasidan davlat rahbariga axborot berdi.
Mamlakat sanoatida avtomobilsozlik ulushi 10 foizni tashkil etadi. Joriy yilning oʻn oyida 338 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa, 1 400 turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtirilgan. 455 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan.
2025-yilgi rejalarda esa 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 mln dollarga yetkazish koʻzlanmoqda.
Hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish boʻyicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. 700 ta detalni oʻzlashtirish boʻyicha 325 mln dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi.
Aytib oʻtish mumkin, Xitoyning “BYD” kompaniyasi bilan hamkorlikda Jizzaxda barpo etilgan elektromobil zavodida “Chazor” va “Song Plus Champion” kabi mashinalar ishlab chiqarilmoqda.
Kelgusi yillarda kompaniyada modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 mln dollarlik ikkinchi bosqich doirasida elektromobillar soni yiliga 200 ming donaga, uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring