Oʻzbekiston — Afgʻoniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror

00:21 19 Aprel 2022 Siyosat
665 0

Ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz shahri atrofida Oʻzbekiston harbiylari Afgʻoniston hududidan raketalar bilan oʻqqa tutilgani toʻgʻrisida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qoʻshinlari bergan maʼlumotga koʻra, Oʻzbekiston — Afgʻoniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror. Provokatsiyalarga berilmasligingizni soʻraymiz” deyiladi rasmiy axborotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?