Oʻzbekiston 2 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgan? 

18:00 26 Mart 2022 Jamiyat
924 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston qiymati 113,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 164 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 ming tonnaga oshgan.

Yanvar-fevral oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

— meva va rezavorlar – 19,2 ming tonna

— quritilgan meva va rezavorlar – 8,7 ming tonna

— sabzavotlar – 100,4 ming tonna;

— qalampir – 2,6 ming tonna;

— pomidor – 12,5 ming tonna;

— uzum – 9,5 ming tonna;

— mayiz – 15,2 ming tonna;

— yeryongʻoq – 4,2 ming tonna;

— tarvuz-qovun – 337 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер