O‘zbek olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi

O‘zbek olimlari tomonidan genetik vektorlar va pomidor o‘simligi asosida koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi marta pomidor o‘simligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan yangi avlod COVID-19 vaksinasi yaratildi.
Olimlar tomonidan koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen fragmenti maxsus vektorlarga joylashtirilib, pomidor xujayrasi genomiga kiritildi. Bu xujayralardan S1 antigeni oqsilini muntazam ishlab chiqaruvchi pomidor o‘simligi olindi. Bunday o‘simliklardan olingan pomidor mevasida 0.77 mkg/gr miqdorida turg‘un S1 antigen oqsili sintez bo‘lishi ko‘rsatib berildi va TOMAVAC vaksinasi sifatida tanlab olindi.
Yaratilgan TOMAVAC vaksinasi sinovlari sichqonlar va ko‘ngilli insonlar qon zardobida (IgG) va ichakda yuqori miqdorlarda neytrallovchi antitanachalar (IgA) hosil bo‘lishini isbotladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring