Oʻzbek olimiga “Bolalar vrachi ustozi” mukofoti berildi

Arxiv foto
Yaqinda Moskva shahrida Pediatriya va bolalar xirurgiyasi ilmiy-tadqiqot klinik instituti tomonidan “Pediatriya va bolalar xirurgiyasida innovatsion texnologiyalar” mavzuida kongress oʻtkazildi.
Bolalar kasalliklarining diagnostikasi, ularni davolash hamda oldini olish sohasidagi soʻnggi ilmiy ishlanmalar, shuningdek, davolashning anʼanaviy va zamonaviy usullari muhokama etilgan ushbu ilmiy anjumanda Samarqand davlat tibbiyot universiteti vakillari ham qatnashdi.
Tadbir doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori Azamat Shamsiyevga Rossiyada xizmat koʻrsatgan fan arbobi A. Kisel nomidagi “Bolalar vrachi ustozi” mukofoti berildi.
Aytish joizki, mazkur mukofot hozirgi kungacha faqat rossiyalik bolalar jarrohlariga berilgan. A. Shamsiyev mazkur mukofot bilan taqdirlangan ilk xorijlik olim boʻldi.
Maʼlumot uchun, ayni paytga qadar professor A. Shamsiyev Rossiyaning akademik A. Vishnevskiy nomidagi oltin medal sohibi, shuningdek, professor V. Nemsadze mukofoti sovrindori boʻlgan.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring