Oʻzbek milliy musiqa sanʼati namoyish etildi

12:42 16 Oktyabr 2025 Jamiyat
190 0

Saudiya Arabistoni poytaxtida oʻtkazilgan “Riyadh International Book Fair – 2025” xalqaro kitob koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy pavilyoni tashkil etilgani va unda mamlakatimiz tarixi, madaniyati va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan zamonaviy va mumtoz nashrlar, ilmiy ishlar, fotoalbomlar oʻrin olganidan xabaringiz bor.

Ushbu nufuzli tadbir doirasidagi konsert dasturlarida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati boʻlinmasi ijodiy jamoasi ham qatnashdi.

Sanʼatkorlarimiz sahnadagi chiqishlari orqali milliy kuy-qoʻshiqlar, raqs va xalqona musiqiy yoʻnalishlarni mahorat bilan ijro etishdi. Yangragan musiqa sadolari nafaqat oʻzbek xalqining qalb goʻzalligi va ruhiyatini, balki milliy sanʼatimizning chuqur maʼno va tarixiy ildizlarga egaligini ham namoyon qildi.

“Riyadh International Book Fair – 2025” kitob va bilim bayramigina emas, balki madaniy muloqot, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik ramzi sifatida ham ahamiyat kasb etdi.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?