Oʻzbek meʼmori dunyoning 100 nafar ayol meʼmori qatoriga kiritildi
Oʻzbekistonlik meʼmor Tahmina Turdialiyeva Britaniya meʼmorlari Qirollik instituti (RIBA) tomonidan nashr etilgan dunyoning 100 nafar meʼmor ayollar faoliyati haqidagi kitobga kiritildi.
Kitobning rasmiy taqdimoti shu yilning 23-yanvar kuni Londonda boʻlib oʻtadi.
Soʻnggi oʻn yil ichida arxitektura dunyosida gender muvozanatiga intilish kuchaydi. Meʼmor ayollar mehnati va yutuqlari nisbatan eʼtibordan chetda qolmoqda.
Ushbu RIBA nashri ayollarning arxitektura muhitiga qoʻshgan hissasini haqli ravishda eʼtirof etadi.
"100 Women: Architects in Practice" — bu butun dunyo boʻylab ajoyib ayol-meʼmorlarning boy, xilma-xil va qiziqarli faoliyati haqidagi kitobdir.
Nashrda oʻzbek meʼmorining Toshkentda amalga oshirilgan obyektlari — Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining maʼmuriy binosi va Zamonaviy sanʼat markazidagi yozgi hovlining soyabonli konstruksiyasi taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring