O‘zbek filmi — xalqaro festival g‘olibi
Shu yilning 12-15-fevral kunlari Vatikan davlatining yagona kinofestivali — XVI “Mirabile Dictu” kinofestivali bo‘lib o‘tdi.
Jahon kinoijodkorlari tomonidan kinofestivalga jo‘natilgan 2 mingdan ziyod filmlar ichida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Aydinlar” badiiy filmi ushbu festivalda “Eng yaxshi film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, 2021-yilda “Aydinlar” filmi Bolgariya kino, televideniye va internet kommunikatsiya akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan IX xalqaro kino-telefestivalda Gran-Priga sazovor bo‘lgandi.
Mazkur filmda qoraqalpoq yigitining chet elda o‘qib, yurtiga qaytishi hamda Mo‘ynoqda o‘z muhabbatini uchratib, Vatandagi yangicha o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishiga oid sarguzashtlari tasvirlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring