O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi
Foto: Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimiz adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkorlarning merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek adabiyoti yulduzlari” nomli medialoyihani tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki davrida ijod qilgan, milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlar hayoti va ijodi keng yoritiladi.
Bunda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, ijodkorlarning adabiy merosini chuqur o‘rganish, ularning asarlari va faoliyati haqida maxsus ekspozitsiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shu jumladan, adiblarning ijodi va hayot yo‘li aks etgan videoroliklar tayyorlanib, ularning asarlari, shaxsiy buyumlari va boshqa muhim eksponatlar namoyish etiladi.
Loyiha milliy adabiyotimiz tarixiga oid yangi ma’lumotlarni ochib berish, adabiyotimizning yuksak namunalarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etish ushbu loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring