OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
OTMlarga qabul kvotalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi eʼlon qilindi. Qaror loyihasida joriy yildan Oʻzbekistonda ilk marta masofaviy taʼlim shakli uchun ham alohida kvotalar ajratilishi belgilangan.
Qaror loyihasiga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili uchun:
— bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
- kunduzgi taʼlim shakliga — 76 728 nafar;
- sirtqi taʼlim shakliga — 27 365 nafar;
- kechki taʼlim shakliga — 2 575 nafar;
- masofaviy taʼlim shakliga — 3 610 nafar;
— magistrlar tayyorlash boʻyicha — 11 082 nafar;
- xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha — 100 nafar kvota ajratiladi.
Shuningdek, loyihada magistraturada oʻqiydigan xotin-qizlarning kontrakt puli qay tarzda qoplab berilishi ham koʻrsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring