Oʻtgan yilda salkam 7 mln sayyoh Oʻzbekistonga keldi. 2019-yilda turizm sohasidagi amalga oshirilgan ishlarning toʻliq tahlil
2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yunalishlari boʻyicha 2019-yilda Turizmni rivojlantirish sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
QONUNCHILIK
- “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni – 5 ta
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori – 1 ta
- Vazirlar Mahkamasi Qarori – 6 ta
- Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qarori – 3 ta
- 2025-yilgacha boʻlgan davrda turizmni rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash turizmning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019-yil davomida Oʻzbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan, 2018-yilda esa bu koʻrsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgandi. Turistlar oqimi hisobot davriga nisbatan 26,2 foizga oshdi.
Eng koʻp sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan boʻlib, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurchilar soni esa 488 400 ming kishidan iborat boʻlgan.
Sayyohlarning asosiy qismi Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afgʻoniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga tashrif buyurganlar orasida yaqin qarindoshlar va doʻstlarini koʻrishga kelganlar soni 81,8 foizni tashkil etgan boʻlsa, dam olish uchun kelganlar 15,5 foizni, boshqa sabablar, yaʼni, davolanish, xaridlar, tijorat bilan bogʻliq uchrashuvlarda ishtirok etish hamda taʼlim olish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foizni tashkil etgan.

Turistik xizmatlar eksporti hajmi
2019-yil yakuniga koʻra, turistik xizmatlar eksporti hajmi 1 313 032 AQSH dollarini (2018-yilda $1 041 089) tashkil qilib, 2018-yilga nisbatan 26,1 foizga oʻsdi.
Joylashtirish vositalari soni
Joylashuv vositalari soni jami 1 188 tadan iborat boʻlib, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi shunga oʻxshash boshqa turdagi obyektlarda oʻrnatildi.
Bundan tashqari, 2019-yilda joylashuv vositalari soni sifatidagi xona zahirasi boʻlgan turar joylar soni 26 147 taga yetdi.
2019-yilda turoperatorlarning soni 1448 taga yetdi, bu 2018-yilga nisbatan 983 taga koʻp deganidir.
Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlarning umumiy soni
Vizasiz rejim joriy etilgan davlatlar soni 2018-yilda 18 ta, 2019-yilda 65 taga yetkazildi. 2020-yil 1-yanvardan esa mazkur raqam 86 ga yetdi. Shuningdek, 77 mamlakat fuqarolari uchun elektron vizalar olishi imkoniyati yaratildi, 109 davlat fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqi berildi.
Ikki va koʻp martali elektron kirish vizalarini berish tizimi yaratildi, xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun beshta yangi viza toifalari joriy etildi (“Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Pilgrim visa”).
Mamlakat turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targʻib etish maqsadida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jami 30 ta OAVning 160 dan ortiq vakillari tashrifi tashkillashtirildi.

2019-yilda yirik turdagi ommaviy tadbirlar oʻtkazildi
Oʻzbekistonga sayyohlarni jalb etishda turli ommaviy-madaniy koʻngilochar tadbirlar ahamiyatini hisobga olib, oʻtgan yildan boshlab har bir hududning oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda turli ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan:
Birinchi marotaba tashkil etilgan Ziyorat turizmi forumi (Buxoro viloyati);
Baxshichilik sanʼati festivali, Arxeologiya forumi (Surxondaryo viloyati);
Bahodirlar oʻyini (Xorazm viloyati);
“Moʻynoq” avtoralli, “Stixiya” musiqa festivali (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);
MDH turizm yarmarkasi, (Samarqand viloyati);
Geoturizm forumi, Anor festivali (Qashqadaryo viloyati);
Elektron musiqa festivali, Gastronomik festival, “World Influencers Congress” (Toshkent shahri).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring