Otasiga aliment toʻlamagan farzandga qamoq jazosini tayinlandi
Aslida qon-qonimizga singib ketgan qadriyatlarimiz va milliy xarakterimizda ota-onani eʼzozlash, ayniqsa,ular keksayib kuchdan qolgach, yonida tirgak bo‘lish, hech narsaga zoriqtirmaslik, mehr-muhabbatni ayamaslik ustuvorlik kasb etadi. Afsuski, bugun ana shu asl qadriyatlardan, chin maʼnodagi insoniylikdan yuz o‘girish hollari ham uchramoqdaki, alaloqibat ota yoki ona tomonidan farzandidan aliment undirish bilan bog‘liq manzaralarga duch kelmoqdamiz. Zotan, qonunchiligimizga ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand ota yoki ona farzandidan aliment olishi mumkin.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi S.E.ning otasi mehnat qobiliyatini yo‘qotgach, o‘zgalar eʼtiboriga muhtoj bo‘lib qoldi. Shu bois farzandidan umid qildi. Otasi holidan xabar olishni xohlamagan o‘g‘ilga nisbatan shu yilning 16 yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi tomonidan har oyda 200 ming so‘m aliment puli to‘lab turish haqida ijro hujjati kuchga kirdi. Afsuski, shundan so‘ng ham bemehr o‘g‘il otaning moddiy-maʼnaviy ehtiyojlari haqida birrov o‘ylab ko‘rmadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudi ushbu masalani ko‘rib chiqib, qarzdor S.E.ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring