Oʻsh davlat universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahridagi Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi doirasida Navoiy Davlat pedagogika instituti va Oʻsh davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
— Hamkorlik memorandumiga asosan, endilikda oliygohlarimiz oʻrtasida professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi. Ilmiy tadqiqotchilar amaliyoti tashkil qilinib, ilmiy loyihalar, simpoziumlar, anjumanlar oʻtkaziladi, — deydi Navoiy Davlat pedagogika instituti rektori Muhiddin Kalonov. — Ushbu hamkorlik oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida bilim va taʼlim almashishga xizmat qilib, ikki mamlakat uchun madaniy aloqalar yuksalishida munosib oʻrin tutadi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻsh davlat universitetida bugun 72 ta mutaxassislik boʻyicha 28 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetda 15 ta fakultet, 3 ta oʻquv instituti, 3 ta kollej, 2 ta litsey, 1 ta bolalar bogʻchasi, aspirantura, ordinatura va magistratura boʻlimlari mavjud. U 21 ta oʻquv binosi, 8 ta talabalar turar joyi, 2 ta tibbiyot poliklinikasi, 7 ta klinik baza, xorijlik mutaxassislar uchun mehmonxona, 5 ta dam olish maskani va Issiqkoʻl sohilidagi pansionatga ega. Albatta, mazkur salohiyat va hamkorlik universitet maqomiga ega boʻlishga hozirlik koʻrayotgan Navoiy Davlat pedagogika instituti uchun muhim ahamiyatga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring