Oq uy yaqinida otishma yuz berdi. Milliy gvardiyachilar ogʻir yaralandi
AQSHning Vashington shahrida, Oq uydan uncha uzoq boʻlmagan hududda afgʻonistonlik erkak otishma uyushtirdi. Oqibatda ikki nafar Milliy gvardiya xizmatchisi ogʻir yaralandi. Bu haqda maxfiy xizmat vakiliga tayanib, “The Washington Post” xabar berdi.
Politsiya maʼlumotlarida keltirilishicha, kecha, 26-noyabr kuni kunduz vaqtida qurollangan shaxs Milliy gvardiya aʼzolariga oʻq uzgan va qisqa vaqt ichida atrofdagi boshqa gvardiyachilar tomonidan qoʻlga olingan. Hodisa shahar meri tomonidan “maqsadli hujum” sifatida baholandi.

AQSh Homiylik va xavfsizlik departamenti gumonlanuvchi sifatida 29 yoshli Afgʻoniston fuqarosi Rahmanullo Laqamalni koʻrsatdi. Prezident Donald Tramp uni 2021-yil sentyabrda mamlakatga kirganini maʼlum qildi va bu qilmishi uchun “eng ogʻir jazo” qoʻllanilishini bildirdi.

Rasmiylarga koʻra, hujum Vashington markazidagi Farragut Skver metro bekati yaqinida, taxminan 14:15 da sodir boʻlgan. Hujum oqibatida ikki gvardiyachi ogʻir jarohat olgan, shuningdek, gumonlanuvchining oʻzi ham oʻqdan jarohatlangan.
Otishmadan soʻng Vashingtondagi Reygan milliy aeroportida parvozlar vaqtincha toʻxtatildi. Pentagon rahbari Pit Xegsetx maʼlum qilishicha, prezident Tramp poytaxt xavfsizligini kuchaytirish uchun yana 500 nafar Milliy gvardiyachini yuborishni buyurgan. Hozirda Vashingtonda turli shtatlardan jami 2,2 mingga yaqin gvardiyachi xizmat qilmoqda.
Rasmiy statistikaga koʻra, Milliy gvardiya kuzatuvini kuchaytirilganidan beri poytaxtda jinoyatchilik darajasi pasaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring