Ona zaminimizning kelajagi – hammamizniki, unga har birimiz javobgarmiz — Ziroat Mirziyoyeva
Foto: Zamin Foundation
Toshkentda Oʻzbekistondagi birinchi Eko-IT oromgohining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etdi. U Oʻzbekiston maktablarining barcha ekofaollariga murojaat qilar ekan, shunday dedi:
— Ona zaminimizning kelajagi – hammamizniki, unga har birimiz javobgarmiz. Bugun atrof-tabiatga mehr berib, asrab-avaylasak, ertaga sayyoramiz gullab-yashnaydi. Va bunda sizning katta hissangiz boʻladi!
Eko-IT oromgohi “Zamin” fondining «Eco-schools Uzbekistan» loyihasi doirasida gibrid shaklda tashkil etildi, unda 400 dan ziyod ekofaollar ishtirok etdi.
Tadbirdan asosiy maqsad ekologiya uchun masʼuliyatni his etuvchi avlodni tarbiyalash hamda yoshlarni atrof-muhitni yaxshilash va asrab-avaylash boʻyicha amaliy harakatlarga faol jalb qilishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring