Oʻn yildan beri qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi

17:30 24 Oktyabr 2024 Jamiyat
513 0

Foto: Istanbuldagi Bosh konsulxona

Oʻzbekistonda 2011-2013-yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan Xaticha Musoyevna Jafarova Turkiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1951-yilda tugʻilgan ayol Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan va bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.

X. Jafarova 2011-2013-yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan. U jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, oʻzgalarning mulkini juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2014-yilda qidiruvga berilgan.

Shuningdek, Konsulxona xabarida ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?