“Manchester Yunayted”ning gʻalabali seriyasi davom etmoqda, yetakchidan yirik gʻalaba
Kecha, 7-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 25-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidagi dastlabki bahsda “Manchester Yunayted” klubi oʻz maydonida Londonning “Tottenxem” jamoasini qabul qildi.
Taʼkidlash kerakki, “Manchester Yunayted” jamoasi klubni Maykl Karrik qabul qilib olgandan beri ketma-ket muvaffaqiyatli oʻyinlar oʻtkazmoqda. Jamoa dastlab “Manchester Siti” va “Arsenal” kabi jamoalarni magʻlub etgandi. Bu gal “Tottenxem” ham “qizil iblislar”ga munosib qarshilik koʻrsata olmadi.
Oʻyinda hisob 38-daqiqada Brayan Mbeumo tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi boʻlimning 81-daqiqasida Bruno Fernandesh “manchesterliklar”ning ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa bahs Karrik jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalaba evaziga “Manchester Yunayted” turnir jadvalidagi toʻrtinchi oʻrnini mustahkamlab oldi.
Shuningdek, turnir jadvalida 3-oʻrinni egallab turgan “Aston Villa” klubi bu turda ochko yoʻqotdi. Jamoa tur doirasida “Bornmut” klubi mehmoni boʻldi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Gollarga “Aston Villa”dan Morgan Rodjers, “Bornmut”dan Rayan mualliflik qildi.
Soʻnggi toʻrtta oʻyinda gʻalaba nima ekanini bilmay kelgan “Nyukasl” klubi bu turda ham magʻlub boʻldi. Faqat qandaydir grand klubga emas, musobaqa jadvalida 7-oʻrinda borayotgan “Brentford” jamoasiga. Gʻoliblar safida gollarga Danga Uattara, Igor Tiago va Vitaliy Janet mualliflik qildi. “Nyukasl”ning javob gollari esa Bruno Gimaraesh va Botman Sven hisobiga yozildi.
Musobaqa jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turgan “Chelsi” jamoasi tur doirasida, musobaqa jadvalida soʻnggi oʻrinni egallab turgan “Vulverxempton” klubi mehmoni boʻldi. “Aristokratlar” yetakchisi Koul Palmer birinchi boʻlimning oʻzidayoq 3 ta toʻp kiritib, oʻyin taqdirini hal qildi. Ikkinchi boʻlimda Tolu Arokodare mezbonlarning yagona javob golini kiritdi.
Turnir jadvalida birinchi oʻrinni egallab turgan “Arsenal” jamoasi esa tur doirasida “Sanderlend”ni qabul qildi va katta qiyinchiliksiz navbatdagi gʻalabasini tantana qildi. Oʻyinda hisob 42-daqiqada Martin Subimendi tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlimning 66 va 90+3 daqiqalarida zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Viktor Gyokeresh 2 ta toʻp kiritdi. Shu tariqa oʻyin 3:0 hisobida yakunlandi.
Bugun APLda 25-tur oʻyinlari yakunlanadi. Turning markaziy oʻyini ham 8-fevral oqshomida boʻlib oʻtadi. Unda “Liverpul” klubi oʻz maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring