“Omikron”ning yangi XBB.1.16 subvarianti “kraken” dan ham yuqumliroq — JSST
Foto: Illustrativ foto
Dunyoda “omikron” shtammining yangi — XBB.1.16 subvarianti keng tarqalishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining COVID-19 boʻyicha texnik rahbari Mariya Van Kerxove hozirgacha mazkur mutatsiya 22 mamlakatda aniqlanganini maʼlum qildi.
Jumladan, Hindistonda bir necha oy ichida yangi variant dominant versiyaga aylandi. Qolaversa, u Osiyo va Yevropa Ittifoqining qator davlatlari, Buyuk Britaniya hamda Avstraliyada ham roʻyxatga olindi.
Laboratoriya tadqiqotlaridan soʻng XBB.1.16 “kraken” deb atalgan XBB.1.5 versiyasidan ham yuqumliroq, degan xulosaga kelindi.
Ayni sababdan ekspertlar kasallikni jilovlashning eng toʻgʻri va samarali yoʻli toʻliq bosqichda hamda buster dozada emlanish, deb taʼkidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring