Oltinsoy tumanida ham hokim oʻzgardi
Mavlyanov Otabek Rustamovich Oltinsoy tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 30-dekabr kuni boʻlib oʻtayotgan xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻtarilgan.
Mazkur sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ham ishtirok etgan. Sessiya davomida shu kungacha Oltinsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Baxrom Maxmatraemov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi.
Viloyat hokimi tuman hokimi lavozimiga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Mavlyanov Otabek Rustamovich nomzodini taklif etdi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.
Maʼlumot uchun, Otabek Mavlyanov 1980-yilda Termiz tumanida tugʻilgan. 2001-yilda Termiz davlat universitetini moliya yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida mahalliy hokimliklar hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Termiz tumani hokimining oʻrinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring