Oltin quymalari narxi bir kunda sezilarli darajada oshdi
Oʻzbekiston Markaziy banki oltin quymalari va qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalari qiymati yana yuqorilagani toʻgʻrisida xabar berdi.
23-yanvar holatiga koʻra, oltin quymalarining narxi bir kun oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada koʻtarildi. Xususan, 5 grammli quymaning narxi 34 ming soʻmga qimmatlashib, 5,9 million soʻm, 10 grammli esa 68 ming soʻmga koʻtarilib, 11,8 million soʻmdan sotilmoqda. Shuningdek, 20 grammli quymaning qiymati ham 138 ming soʻmga qimmatlagan.
Bundan tashqari, yirik hajmdagi oltin quymalarning narxi ham oshdi. 50 grammli oltin 343 ming, 100 grammli oltin narxi esa 687 ming soʻmga oshgan. Hozirda 100 grammli quyma narxi 118,3 million soʻmdan savdoga chiqarilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2025-yilning 17-yanvaridan boshlab Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqardi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring