Olmaotada qarovsiz qolgan 5 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi Bosh konsulxonasi qarovsiz qolgan besh nafar bolaning yurtga qaytishiga koʻmaklashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bildirilishicha, diplomatlar Qiyin hayotiy vaziyatda boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi va Olmaota shahar taʼlim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda voyaga yetmagan bolalarni oʻz vatanlariga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan.
Shuningdek, bolalar yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlari hamrohligida Vatanga kuzatib qoʻyilgan.
Bolalar Oʻzbekistonga yetkazilgach, amaldagi qonunchilikka muvofiq yaqin qarindoshlariga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring