Olimlar tasodifan yangi qon guruhini aniqladilar
Illyustrativ foto
Fransuz olimlari qirq sakkizinchi qon guruhini aniqladilar. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “Independent” nashri xabar bermoqda.
Fransiyaning Gvadelupa hududida yashovchi fuqaroning qonini tahlil qilganda, hatto uning tugʻishgan qarindoshlari ham u uchun donor boʻla olmasligi aniqlandi. Gap shundaki, ayolning qon plazmasi har bir potensial donor namunasini rad etdi. Hozircha bu bemorga oʻxshash qon guruhiga ega boʻlgan boshqa odam topilmadi.
Toʻrtta qon guruhi va rezus-faktor omiliga qoʻshimcha ravishda, inson qoni qizil qon hujayralarini qoplaydigan oqsillar va shakar miqdorining farqlari bilan belgilanadigan oʻnlab boshqa parametrlarga ega.
Barcha donorlik materiallarini rad etishining sababini aniqlash uchun olimlar ayolning DNKsini toʻliq oʻrganishdi va hujayra membranalarida muhim molekulaga maʼlum bir shakar qoʻshish uchun javob beradigan ferment ishlab chiqaradigan PIGZ genida mutatsiyani aniqladilar. Uning qonida shakarning yoʻqligi tufayli qizil qon tanachalari yuzasida molekula tuzilishi oʻzgargan va u qon yangi turiga ega boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring