Olimlar qaysi turdagi parhez miyani qarishdan asrashini maʼlum qildi
Soʻnggi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bargli, sabzavotlarga boy va goʻshti kam boʻlgan parhez keksalik davrida kognitiv koʻrsatkichlarni saqlab turishi mumkin.
79 yoshdagi 500 dan ortiq odamning aqliy qobiliyatini tekshirgandan soʻng ushbu xulosaga kelingan. Koʻngillilarning hech birida demans (inson qarishi bilan aqliy faoliyatining buzilishi) kasalligi aniqlanmagan. Ularning barchasi xotira, soʻzlarni bilish, fikrlash tezligi, muammolarni hal qilish boʻyicha testlardan oʻtishdi.
350 dan ortiq odam miyasi skanerdan oʻtkazildi. Maʼlum boʻlishicha, mazkur parhezga iloji boricha qatʼiy rioya qilgan odamlar kognitiv funksiyalarning eng yuqori koʻrsatkichlarini koʻrsatishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring