Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi

11:26 14 Dekabr 2021 Jamiyat
641 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisda dastlab “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan ayrim qonunlardagi “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi boʻyicha hisobga olish” tushunchalarini “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” tushunchalariga almashtirish, bir qator qonunlarda biometrik pasportga oid ishlatilayotgan tushunchalar kelgusida identifikatsiyalovchi ID-karta bilan qoʻllanilishi sababli ushbu qonunlarga identifikatsiyalovchi ID-karta tushunchasi kiritilishi nazarda tutilgan.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirganlik uchun davlat bojini miqdorini belgilash, fuqaro identifikatsiyalovchi ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmaganida, yaroqsiz holga keltirganda yoki yoʻqotib qoʻygan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasida yuzaga kelgan huquqiy boʻshliq bartaraf etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?