Oldimizdagi yil avvalgilardan qiyinroq boʻlsa boʻladiki, oson boʻlmaydi — Alisher Qodirov

13:48 08 Noyabr 2023 Siyosat
110 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida fraksiyalar rahbarlari ham qonun loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Alisher Qodirov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari:

— Oldimizdagi yil avvalgilardan qiyinroq boʻlsa boʻladiki, oson boʻlmaydi. Iqtisodiy zanjirlar uzilib, siyosiy-iqtisodiy sanksiyabozliklar girdobida iqtisodiyotni oʻstirish haqida rejalashtirishni oʻzi katta optimizm. Shunday sharoitda byudjetni boshqarish, uni maksimal samarali tashkil qilish masalasi juda qiyin ekanligini eʼtirof etish kerak.

Shu bois, fraksiyamiz aʼzolari byudjetnomani yanada samaraliroq boʻlishiga hissa qoʻshish maqsadida atroflicha muhokama qildik.

Partiya parlament saylovlarida taʼlim-tarbiya sohasida oʻzgarishlar qilmasak, jamiyatda oʻzgarishlar boʻlmaydi, degan shior bilan saylovchilarini ishonchini qozongan. Shu sababli byudjetnomada taʼlim-tarbiya, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirish maqsadlarini moliyalashtirish masalalari doimo biz uchun ustuvor hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?