Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrgatiladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetining «Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari» fakultetida endilikda oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrgatilishini maʼlum qildi.
“Shuni quvonch va iftixor bilan aytmoqchimanki, Oksford universitetining «Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari» fakultetida endilikda oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrganiladi.
Universitetdan Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish borasida erishilgan yutuqlarning eʼtirofi sifatida mukofot qabul qilganimdan xursandman», — deydi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Mirzo Ulugʻbekning “Ziji Koʻragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa koʻplab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishuv iliq taassurot qoldirganini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring