Oyda yashirin tunnellar aniqlandi. Bu nimadan dalolat beradi?
Foto: scitechdaily.com
NASAning “Lunar Reconnaissance Orbiter” apparati Oy yuzasi ostida yashirin tunnellar mavjudligini aniqladi. Bu haqda “Nature Astronomy” jurnalida chop etilgan maqolada soʻz boradi.
Qayd etish kerakki, Italiyaning Trento universiteti homiyligidagi xalqaro olimlar guruhi “Mare Tranquillitatis” hududida (Oydagi hudud nomi – tahr.) uzunligi bir necha kilometrga choʻziladigan tunnellar tarmogʻi borligini kashf etishdi. Bildirilishicha, ular Yerning tabiiy yoʻldoshida lavalar boʻlganligini anglatishi mumkin. Shu tariqa Olimlar birinchi marta Oy sathidan pastda taxmin qilingan tunnel borligini tasdiqladilar.
Trento universiteti professori Lorenzo Bruzzone missiyasida “Mini-RF” asbobidan olingan radar maʼlumotlari Yer osti gʻorini koʻrsatadigan akslarni aniqlashga yordam berganini taʼkidladi.
“Ushbu kashfiyot Oy tadqiqotlaridagi muhim bosqichni belgilaydi”, deydi professor.
“Mini-RF” bosh tadqiqotchisi, Jons Xopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasi olimi Ues Patterson Oyni tadqiq qilish uchun radar maʼlumotlarini toʻplashning muhimligini taʼkidladi.
Bu yangilik fundamental ilmiy savollarga javob berishda masofadan zondlash maʼlumotlarining ahamiyatini ham koʻrsatib bera oldi. Kelajakdagi orbital missiyalar Oyning yer osti qatlami haqida koʻproq maʼlumot berishi mumkin. Ushbu jarayonda Padua universiteti va “La Venta Geographic Explorations APS” tadqiqotchilari ham ishtirok etdi.
Ushbu topilmalar kelajakdagi oy missiyalari uchun muhim ahamiyatga ega. Oyning sirt sharoitlari ekstremal boʻlib, harorat kunduzi 127 darajadan kechasi -173 darajagacha boʻlishi mumkin. Yer osti gʻorlari infratuzilmani qurish uchun xavfsiz joylarni taklif qilishi, haroratning haddan tashqari oʻzgarishi, radiatsiya va meteorit taʼsiridan himoya qilishi va shu bilan insonning doimiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlashi mumkinligi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring