Ohangaronda 5 ming quti sifatsiz tamaki savdosi toʻxtatib qolindi
Toshkent viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari toʻxtatib qolindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Ohangaron tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.N. “Captiva” rusumli avtotransport vositasi tekshirilgan.
Aniqlanishicha, avtomobilda xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 80 million soʻmlik jami 5 ming quti “Keno Club” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotgan vaqtida ushlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring