“Ofitser 55” serialining suratga olish va dublyaj jarаyonlari yakunlandi
Kinematografiya agentligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida ichki ishlar organlari faoliyatiga bagʻishlangan “Ofitser 55” seriali yaratilmoqda. Triller janridagi serial Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boʻlimining oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor xodimi haqida hikoya qiladi.
Filmda qahramonning matonati, qattiqqoʻlligi, jinoyatchilikka qarshi kurashdagi oʻziga xos taktikasi, shuningdek, jinoyat qidiruvi sohasidagi xizmat naqadar masʼuliyatli ekanligi haqida soʻz boradi. Serial voqealari tomoshabinni oʻzining qiyin va keskin syujet liniyasi bilan qiziqtira oladi.
Ayni vaqtda filmning suratga olish va dublyaj jarayonlari nihoyasiga yetgan boʻlib, film musiqalari va garfikasi ustida ish olib borilmoqda. Yaqin orada film treyleri ham tayyor boʻlish arafasida turibdi.
Postanovkachi rejissyor Rustam Meliyev, postanovkachi operator Diyor Adashev, prodyuserlar Jamshid Asadov va Dilbar Yusupova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring