Odam savdosi jinoyatini sodir etgan ayol Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan 1974-yilda tugʻilgan fuqaro R.S. Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Sonya” laqabi bilan tanilgan fuqaro R.S. 2013-2015-yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish vaʼdasi bilan aldab, Qozogʻiston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.
“Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bosh konsulxona soʻnggi vaqtlarda firibgarlik holatlari boʻyicha murojaatlar koʻpaygani sababli, fuqarolarimizni firibgarlarga aldanib qolmasliklarini va ogoh boʻlishlarini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring