Ochiq aytish kerak, ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari masalaning ichiga kirmagan — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Misol uchun, Andijon viloyati joriy yilda investitsiya loyihalari hisobiga 40 mingta, paxta va gʻalladan boʻshagan yerlarni aholiga boʻlib berish hisobiga 75 mingta va mavsumiy ishlar orqali 200 mingta, mahallalarda mikromarkazlar tashkil etish, sanoat zonalarida ishlab chiqarishni kengaytirish va markaziy koʻchalarni xizmatlarga ixtisoslashtirish, savdo-servis obyektlarini barpo etish hisobidan 135 mingta; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar hisobidan 20 mingta ish oʻrinlari yaratishni reja qilgan.
Yoki, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida kartoshkachilikni yoʻlga qoʻyib, 10 ming aholini daromadli ish bilan taʼminlash, bogʻlarning sugʻorish tizimini tiklash hisobiga 2 ming, Koʻkdalada tarvuz ekishni yoʻlga qoʻyib, 32 ming, Mirishkorda dala chetlariga tut ektirish hisobiga pillachilikda qoʻshimcha 6 ming aholini daromadli qilishni reja qilgan.
“Qolgan viloyatlarchi? Bu borada hududlarning dasturlari bilan birma-bir tanishib chiqdim. Ochiq aytish kerak, ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari masalaning ichiga kirmagan”, — dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring