OAV: Yoaxim Lyov Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishdan rafiqasi sababli voz kechdi
Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarish taklifini qabul qilmadi.
Avvalroq xabarga koʻra, Lyov bir necha kun davomida taklifni jiddiy oʻrgangan, ammo oxir-oqibat muloyimlik bilan rad javobini bergani aytilgan edi.
“Championat Asia” maʼlumotlariga koʻra, rad javobini berishda uning turmush oʻrtogʻi Daniella Shmidning fikri muhim rol oʻynagan. U Lyovning boshqa mamlakatga ishlashga ketishini xohlamagan va ularning pensiyadagi tinch hayotini davom ettirishini afzal koʻrgan.
Yoaxim Lyov 2006–2021-yillarda Germaniya terma jamoasiga rahbarlik qilgan. Uning qoʻl ostida jamoa 2014-yilda Braziliyadagi Jahon chempionati va 2017-yilda Rossiyadagi Konfederatsiyalar kubogida gʻolib chiqqan. 2021-yildan buyon Lyov hech bir jamoada ishlamagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring