NYT: Tramp Putin bilan uchrashuvni kelasi haftaga rejalashtirmoqda
Foto: White HouseFlickr.com Global Look Press
AQSH prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan shaxsiy uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashr manbasiga koʻra, Tramp oʻz rejalarini Yevropaning bir necha yetakchilari bilan telefon orqali muloqoti chogʻida maʼlum qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, AQSH prezidenti ushbu uchrashuvdan soʻng uch tomonlama muzokaralar oʻtkazish niyatida: unda Trampning oʻzi, Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qatnashishi kutilmoqda.
Nashr taʼkidlashicha, ushbu uchrashuvlarda faqatgina Tramp, Putin va Zelenskiy ishtirok etadi. Yevropa yetakchilari muzokaralarga taklif etilmagan.
Eslatib oʻtamiz, kecha Moskvada Vladimir Putin AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv qariyb uch soat davom etgan. Donald Tramp buni “samarali muzokara” deb atagan va “muxim ildamlashuv” qayd etilganini taʼkidlagan.
Fox News maʼlumotiga koʻra, uchrashuv chogʻida Putin Tramp bilan “maʼqul vaqtda” uchrashish istagini bildirgan. Bu xabar Uitkoff orqali Trampga yetkazilgan.
Ushbu muzokaralar Tramp Rossiyaga qoʻygan ultimatum muddati yaqinlashgan paytda boʻlib oʻtmoqda. AQSH prezidenti 8-avgustgacha harbiy harakatlarni toʻliq toʻxtatishni talab qilgan. Aks holda, Rossiyaga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring