Nurobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

12:54 26 Fevral 2025 Jamiyat
183 0

Buranov Maxsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Buranov mazkur tayinlovga qadar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Hokimlik xabariga koʻra, bugun, 26-fevral kuni Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan, unda tashkiliy masala koʻrilgan.

Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xoʻjaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirgan.

Shuningdek, soʻzga chiqqanlar tumanning yangi hokimi atrofida jipslashib, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qoʻshishlarini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер