Nurafshonda 41,5 million soʻmlik sifatsiz tamaki sotilishining oldi olindi

15:28 14 Noyabr 2025 Jamiyat
333 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi, va Bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.A. “Malibu” rusumli avtomashinasida umumiy bahosi 41,5 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 2 ming 740 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahrida sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?