Nukusdagi “Isbilermenler aymagʻi“ mahallasi obod mahallaga aylanadi

16:05 10 Mart 2026 Jamiyat
173 0

Yurtimizda hurmatli Prezidentimizning topshirigʻi bilan xalqimizni qiynab kelgan masalalarga yechim topish, ularning maishiy, infratuzilma bilan bogʻliq muammolarini bartaraf etish boʻyicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Shunday ezgu ishlarning davomi sifatida bugun Nukus shahridagi “Isbilermenler aymagʻi“ mahallasida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini boshlash yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olindi.

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, ogʻir sharoitdagi bu mahallada qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borishda barcha rahbarlar hamjihatlikda hissa qoʻshishi kerakligini taʼkidladi.

Mazkur mahallada rejadagi ishlar doirasida ichki yoʻllar taʼmirlanadi, ichimlik suv, elektr, gaz tarmoqlari bilan bogʻliq masalalarga yechim topiladi, yordamga muhtoj fuqarolarning turar-joylarini taʼmirlash choralari koʻriladi.

Hududda yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, aholining qoʻshimcha daromad olishiga koʻmaklashish ishlari olib boriladi. Bu orqali hudud aholisini qiynab kelgan muammolarga yechim topiladi.

Bugun ushbu mahallada rejalashtirilgan tadbirlar uchun zarur texnikalar hamda ishchi kuchlari jalb etilib ishlar boshlandi. Ish boshida muassasa-tashkilot rahbarlariga vazifalar taqsimlanib, kelgusi rejalar belgilab olindi.

Eʼtiborlisi, yuqorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlangach, hozirda sharoiti ogʻir boʻlgan “Isbilermenler aymagʻi“ mahallasi kelgusida Qoraqalpogʻistondagi obod mahallar qatoriga kiritiladi.

Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер