Toshkentda Fransiya viza markazi ochildi
Shu yilning 11-mart kuni Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Valid Fuk Toshkentda Fransiyaga safar qilish uchun barcha viza arizalarini qabul qilishga masʼul boʻlgan yangi markazni ochdi. Bu haqda diplomatik vakolatxona matbuot xizmati xabar berdi.
“Bundan buyon sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida ariza topshirish va hujjatlarni qabul qilish faqat TLSContact markazi orqali amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur markaz quyidagi manzilda joylashgan: “Inco” biznes markazi, Fidokor koʻchasi, 32-uy, 4-qavat.
Taʼkidlash joizki, avvallari viza arizalari Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi huzurida faoliyat yuritgan viza boʻlimi tomonidan qabul qilinar edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring