Nukus shahriga yangi avtobuslar olib kelindi

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻistonda jamoat transporti qamrovini oshirish, yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan xizmat sifatini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 20-yanvar kuni shu sohadagi islohotlarning uzviy davomi sifatida Nukus shahriga Xitoy davlatidan 12 dona zamonaviy avtobus olib kelindi.
— Xalqimizga qulaylik yaratish maqsadida Prezidentimiz tomonidan jamoat transporti xizmatini rivojlantirishga oid qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirining oʻrinbosari Bayram Yusupov. — Bugun foydalanishga topshirilayotgan yangi avtobuslar “Sapsan Trans Nukus“ masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qariyb 11 mlrd. soʻmlik mablagʻ evaziga lizing asosida olib kelingan. Bu ham transport sohasida faoliyat olib boradigan tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlarning amaldagi ifodasi.
Jamoat transportida “Brutto-shartnomasi”, yaʼni “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezoni asosida yoʻlovchi tashish xizmati koʻrsatilishi belgilangan. Nukus shahrida 15 ta avtobus yoʻnalishlari tashkil etilib, ushbu yoʻnalishlarga 188 ta zamonaviy avtobus olib kelish rejalashtirilgan. Bugungi foydalanishga topshirilgan yangi avtobuslar bu boradagi yangi yoʻnalishlarning dastlabkisi hisoblanadi.
Yangi avtobuslar bugundan Nukus shahar aholisi va mehmonlariga transport xizmatini koʻrsatishni boshladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring