Nukus ekomaktab o‘quvchilari Aydos Kitaybekov va Nazokat Kalnazarova nufuzli xalqaro OTMga qabul qilindi
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabariga ko`ra, Aydos "Braun" Universitetida tahsil oladi. Bu ta’lim muassasasi — Amerikaning 8 ta eng qadimgi universitetlarini o‘z ichiga oluvchi dunyodagi eng mashhur universitetlar birlashmasi bo‘lgan Pechaklar Ligasi a’zosidir. Aydos asosiy mutaxassisliklar sifatida: Atrof-muhit haqidagi fan va Muhandislik ("Environmental Science & Engineering")ni tanladi: "Men SI va ekologiyaga bo‘lgan qiziqishni birlashtirmoqchiman. Iqlim o‘zgarishi yoki halokatlarni bashorat qilish uchun turli xil modellar ustida ishlash, chat-botlar yordamida ekologik ta’limni rivojlantirish mumkin.
Biz jamoa bilan qoraqalpoq tilida ekologik savollarga javob beradigan chat-bot ustida ishlash tajribasiga egamiz, botda parchalanadigan va parchalanmaydigan predmetlarni tanib olish funksiyasi mavjud. Shuningdek, biz ekologiya bo‘yicha stol o‘yinini ishlab chiqdik. Uni takomillashtirish va O‘zbekistonda targ‘ib etish mumkin".
Nazokat "Amherst College"ga o‘qishga kirdi, ikkita mutaxassislik: Politologiya (Siyosatshunoslik) va Ekologik tadqiqotlar ("Political Science & Environmental Studies") mutaxassisliklarini egallashni rejalashtirmoqda. "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasida ishtirok etish va Orol dengizi qurib borishining fojiali oqibatlarini his qilgan holda, Qoraqalpog‘istonda yashash, mening tanlovimda katta rol o‘ynadi.
Eng dolzarb voqealar 8 ta mamlakatdan kelgan 12 kishidan iborat jamoada xalqaro yoshlar ekologik oromgohida "International Youth Statement on Climate Change" ustida ishlash va Bokudagi COP29da ishtirok etish bo‘ldi. Aynan o‘shanda men samarali iqlim siyosatini ishlab chiqish, ekspertlik muhokamalarida qatnashish va Markaziy Osiyo ovozini global barqarorlik kun tartibiga kiritish qanchalik muhimligini angladim."
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring