Norvegiya terma jamoasi ham Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi
Kecha, 16-noyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Italiya terma jamoasi oʻz maydonida Norvegiya termasini qabul qildi.
Italiya terma jamoasi Jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritmoqchi boʻlsa, Norvegiyani katta hisobda magʻlub etishi talab qilingan. Oʻyinda esa aksincha, Erling Holand boshchiligidagi Norvegiya terma jamoasi yirik hisobdagi gʻalabaga erishdi.
Uchrashuvda 4:1 hisobi qayd etildi. Gʻoliblar safida goʻllarga Erling Holand (2 ta), Antonio Nusa va Strand Larsen mualliflik qildi. Italiyaliklarning yagona javob goli esa Franchesko Espozito hisobiga yozildi.
Shu tariqa Norvegiya terma jamoasi 28-yillik tanaffusdan soʻng yana Jahon chempionatida ishtirok etadigan boʻldi.
Maʼlumot uchun, ushbu mamlakat milliy terma jamoasi soʻnggi bor 1998-yil Fransiyada boʻlib oʻtgan mundialda ishtirok etgan va yurishini nimchorak finalda Italiyaga magʻlub boʻlish orqali yakunlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring