Nega vaksinalarning narxi har xil, bu ularning sifatiga bogʻliqmi?
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
— 1-apreldan boshlab mamlakatda katta shahar va viloyatlarining markazlarida emlash punktlarida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayoni boshlandi.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar davlatimiz tomonidan xarid qilingan boʻlib, ular emlanayotganlar uchun mutlaqo BEPUL.
Vaksinani davlat xaridi uchun belgilangan narxi haqida gapiriladigan boʻlsak, uni ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi. Va bu oʻrinda vaksinalarni JSSTning rasmiy roʻyxatiga kiritilganligi uning sifati yuqori ekanligini bildirishini taʼkidlamoqchimiz.
Chunki dunyodagi koʻpgina davlatlarda vaksinalar ishlab chiqilmoqda, lekin ularning sifat va samaradorligi past boʻlgani bois JSSTning roʻyxatiga kiritilmayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring