«Navoiyuran» DK 5 ta xalqaro ISO sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Foto: «Xalq soʻzi»
Temur ESHBOYEV/ «Xalq soʻzi». Innovatsiya inson intellektining mahsuli. U taraqqiyotga turtki berib, mamlakat iqtisodiyotining xalqaro integratsion faoliyatida ham oʻz aksini topadi. Hamkorlikning barcha jabhalarida oʻz taʼsir darajasiga ega boʻlish, zarur paytlarda moslashish salohiyatini taʼminlaydi.
«Navoiyuran» davlat korxonasi shu yoʻlda dadil odimlayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan biri boʻlib, 2023-yilning may oyida 3 ta xalqaro ISO standart talablari asosida — ISO 9001 «Sifat menejmenti», ISO 14001 «Ekologik menejmenti» va ISO 45001 «Mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini taʼminlash menejmenti» sertifikatlarini qoʻlga kiritgan edi.
— Korxonamizda zamonaviy boshqaruv tamoyillarini tatbiq qilish izchillik bilan olib borilmoqda, — deydi «Navoiyuran» DK bosh direktorining transformatsiya va raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosari Hasan Haydarov. — Xususan joriy yilning mart aprel oylarida korxonamizda yana 2 ta xalqaro standart ISO 27001 «Axborot xavfsizligi menejmenti» va ISO 50001 «Energetika menejmenti» tizimlarning talablari joriy etilib, sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Shu munosabat bilan «Cert International» xalqaro sertifikatlash tashkiloti bosh auditori Riad Ibragimov «Navoiyuran» davlat korxonasi bosh direktori Jamol Fayzullayevga ISO 27001 va ISO 50001 sertifikatlarini rasmiy ravishda topshirdi hamda ESG tamoyillarini faol joriy etib kelayotgan korxona jamoasiga yuksak ishonch bildirdi.
Taʼkidlash joiz, mazkur sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi «2022 — 2030-yillarda «Navoiyuran» davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan korxonani transformatsiya qilish, shu jumladan, «Environment, Social & Governance» (ESG) tamoyillarini joriy etish vazifalari ijrosi doirasida qoʻlga kiritilmoqda.
Boshqacharoq aytganda, «Navoiyuran» davlat korxonasi tomonidan ESG tamoyillarini joriy etish va ESG reytingi tomon yana bir qadam boʻlib xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring